Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Pentagon Ilon Maskni Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroning maxfiy ssenariylari haqida xabardor qilmoqchi

Pentagon Ilon Maskni Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroning maxfiy ssenariylari haqida xabardor qilmoqchi

Pentagon Ilon Maskni Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroning maxfiy ssenariylari haqida xabardor qilmoqchi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Nashrning ikki nafar amerikalik amaldorga tayanib xabar berishicha, milliarder va prezident Trampning maslahatchisi qat’iy maxfiy axborotga, jumladan, Xitoyning potensial nishonlari ro‘yxati va zarbalar muddatiga oid tavsiyalarga kirish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

Mask Xitoy bozoriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan Tesla kompaniyasiga va nozik mudofaa buyurtmalarini bajarayotgan SpaceX kompaniyasiga rahbarlik qiladi. Bundan tashqari, u yaqinda tashkil etilgan Hukumat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari bo‘lib, uning vazifasi davlat xarajatlarni va amaldorlar sonini qisqartirishdan iborat.

Pentagon gap haqiqiy harbiy rejalar haqida ketayotganini tasdiqlamadi. Mudofaa vaziri Pit Hegset Mask bilan uchrashuv haqiqatdan ham bo‘lib o‘tishini yozdi, biroq "hech qanday maxfiy harbiy rejalar muhokama qilinmasligini" ta’kidladi. Donald Tramp ham bu xabarni rad etdi va "Xitoy hatto tilga olinmaydi", deya qo‘shimcha qildi.

"The New York Times'da yolg‘on axborotni tarqatganlarni jinoiy javobgarlikka tortishlarini intizorlik bilan kutyapman", — deb yozdi Mask X tarmog‘ida.

Kiritildi: 17:42 21.03.2025. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!