Pentagon havo hujumidan mudofaa snaryadlari yetishmovchiligiga duch kelmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
"Isroil Eron va uning tarafdorlari hujumlarini qaytarish uchun shunday turdagi raketalardan foydalanadi. O‘tgan juma kuni Isroilning Eronga bergan zarbasidan keyin taqchillik yanada keskinlashishi mumkin. Chunki Tehronning yangi hujumni amalga oshirish ehtimoli bor", deb yozadi gazeta.
"Havo hujumidan mudofaa snaryadlari yetishmovchiligi Yaqin Sharqdagi keskinlik, balki Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidan kelib chiqqan o‘q-dorilarga “kutilmagan darajada yuqori talabni qondirish” imkoniyatidan xavotirlarni uyg‘otadi. Bu, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarni Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi potensial mojaroga qarshi himoyasiz qiladi", deb hisoblaydi WSJ.