The New York Times nashrining AQSh rasmiylariga tayanib xabar berishicha, Pentagon Eronga qarshi taxminan uch kun davom etadigan jadal harbiy operasiya rejasini tayyorlagan.
Reja Eronning raketa va dron zaxiralariga zarba berishni nazarda tutadi. Shuningdek, energetika ob’ektlari hamda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining qo‘mondonlik punktlariga hujum qilish variantlari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Pentagon so‘nggi oylarda Trampga Eron va husiylarga qarshi yirik operasiyalar o‘tkazish bo‘yicha besh marta taklif kiritgan, ammo u ularni rad etgan. Keyinchalik Tramp harbiylardan yangi zarba rejalarini tayyorlashni so‘ragan.
Shu bilan birga, 8 oktyabr kuni Tramp 3 noyabrdagi Kongress saylovlariga qadar Eronga hujum qilinmasligini bildirgan. Uning aytishicha, tomonlar “samarali muzokaralar” olib bormoqda.