AQSh Mudofaa vazirligi Eronning javob zarbalari oqibatida Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy bazalariga yetkazilgan zarar hajmini hozircha aniq baholay olmayotganini bildirdi.
Pentagonga ko‘ra, hozirda chet eldagi harbiy inshootlarga yetkazilgan zarar bo‘yicha aniq ma’lumotlar mavjud emas.
Moliya bo‘yicha mudofaa vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Jyul Xyorstning aytishicha, bunday bazalarni tiklash xarajatlari hali aniq emas va baholash jarayoni davom etmoqda. Uning ta’kidlashicha, AQShning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari ham tiklash ishlarida ishtirok etishi mumkin.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, hozircha zarar miqdori va tiklash xarajatlari bo‘yicha aniq hisob-kitob qilish imkoni yo‘q.
So‘nggi voqealarda AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik ortib bormoqda, tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan bo‘lsa-da, barcha kelishmovchiliklar hali to‘liq hal etilmagan.