Agar KXDR Rossiya tomonida mojaroga kirsa, Qo‘shma Shtatlar Kiyev tomonidan Amerika qurollaridan foydalanishga yangi cheklovlar kiritmaydi.
Pentagon dushanba kuni Shimoliy Koreyaning Rossiya tomonida urushga kirishi AQShning Ukrainaga qurol yetkazib berishiga ta’sir qilmasligini aytdi. Bu bayonot Shimoliy Koreya harbiy bo‘linmalari Rossiyaning Kursk viloyatiga joylashtirilgani haqidagi ma’lumotni NATO tomonidan tasdiqlashi fonida yangradi.
«Rossiya bu askarlardan jangovar harakatlarda yoki Rossiyaning Ukraina bilan chegarasi yaqinidagi Kursk viloyatida Ukraina kuchlariga qarshi jangovar operasiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida foydalanish niyatida ekanidan tobora xavotirdamiz», — dedi Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx.
Amerika harbiy departamentining so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya sharqidagi Shimoliy Koreya qo‘shinlari soni 10 000 askarga yetgan.