Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pensiya tayinlashda arxiv ma’lumotnomasi talabi bekor qilinmoqda

A A A
Pensiya tayinlashda arxiv ma’lumotnomasi talabi bekor qilinmoqda

«O‘zarxiv» agentligi tomonidan fuqarolarga davlat pensiyalarni tayinlashda ish xaqi va ish staji to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini olish bo‘yicha yagona axborot tizimi yaratilmoqda. Tizim tajriba-sinov tarzida joriy yil 1 apreldan ishga tushishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda agentlik direktor Ulug‘bek Yusupov «Gazeta.uz» muxbiriga ma’lum qildi.

2019 yil davlat arxivlariga 224 mingdan ortiq fuqaro shaxsan tashrif buyurgan va ularning ko‘pchilik shaxsiy tarkibga oid hujjatlardan ma’lumotnoma so‘ragan. Endilikda yagona axborot tizimi orqali agentlik Pensiya jamg‘armasiga so‘ralgan ma’lumotnoma elektron tarzda yetkazib berishi mumkin.

«Ushbu ma’lumotnomalarni olish uchun davlat arxivlariga vaqt sarflab kelishlari talab etilmaydi. Davlat arxivlariga ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlarni yuborish va ularni javoblarini olish bilan endilikda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman, shahar bo‘linmalari shug‘ullanadi. Fuqarolarga davlat arxivlaridan ma’lumotnoma olib kelish talabini qo‘yish bekor qilinishi ko‘zda tutilmoqda», — dedi Ulug‘bek Yusupov.

Ulug‘bek Yusupov. Foto: Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi

 

Uning aytishicha, hujjatlarning barchasini raqamlashtirish katta mablag‘, vaqt va mehnat talab etadi. Qolaversa, shaxsiy tarkibga oid hujjatlar 75 yil saqlanadi va amalda unga bir marta murojaat qilinadi.

Ulug‘bek Yusupovning ta’kidlashicha, pensiya tayinlanishi uchun fuqarolarni sarson qilmaslik maqsadida Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilish kifoya bo‘ladi.

«Biz tizimni raqamlashtirdik. Unga ko‘ra, jamg‘armadan tushgan so‘rovga qarab, ma’lumotnoma yuboriladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Agentlik ushbu tizimni Toshkent shahri va  Sirdaryo viloyatida sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Joriy yil yakuniga qadar loyiha qamrovi butun respublikaga yoyilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida pensiya yoshiga yetgan shaxs faqat bitta pasporti bilan mutasaddi tashkilotga murojaat qilishi zarurligini uqtirgandi. Davlat rahbari turli qog‘ozbozlikka chek qo‘yishga chaqirgan.

Kiritildi: 14:27 11.02.2020. O'qildi: 3861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!