The Washington Post nashrining yozishicha, Pensilvaniya shtati poytaxti Garrisberg shahrida shtat gubernatori, demokrat Josh Shapiro yashaydigan rasmiy qarorgoh yoqib yuborildi. Hodisa sodir bo‘layotgan vaqtda gubernator uyda o‘z oilasi bilan birga bo‘lgan.
Shapironing so‘zlariga ko‘ra, ular taxminan soat 2:00 da (MSK bilan 23:00) eshik qoqqan polisiyachilar ovozidan uyg‘ongan. Huquq-tartibotchilar uyda yong‘in boshlanganini ma’lum qilishgan.
Shundan so‘ng shahar yong‘inchilik xizmati chaqirilgan, polisiya esa gubernator oilasini evakuasiya qilgan. Shapironing ma’lum qilishicha, yong‘in uyning bir qismini jiddiy shikastlagan.
Alanga qarorgohning istiqomat qilinadigan qismiga qarshi tomonda o‘chirilgan bo‘lsa-da, keltirilgan zarar «katta» deb baholanmoqda. Polisiya hodisa yuzasidan tergov boshladi va yong‘inni «qasddan o‘t qo‘yish» sifatida baholadi. Gumondan hibsga olingani ma’lum qilinmoqda.