Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Pedro Sanches AQSh Ispaniyani «jazolamoqchi» ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Pedro Sanches AQSh Ispaniyani «jazolamoqchi» ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Amerika rasmiylari Iron bilan urush borasidagi pozisiyasi uchun Madridni «jazolash» imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi ma’lumotlarni inkor etdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

«Ispaniya Bosh vaziri uning hukumati NATO bo‘yicha ittifoqchilar bilan odatiy hamkorlikni davom ettirishini ma’lum qildi va AQSh rasmiylari mamlakatning Eron bilan urush bo‘yicha tutgan yo‘li uchun Madridga nisbatan chora ko‘rish (jazolash) imkoniyatlarini o‘rganayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi», — deyiladi materialda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyalarida o‘z bazalaridan foydalanishga ruxsat bermagan edi, bu esa ittifoqchilar o‘rtasida muayyan keskinlikni keltirib chiqargan.

Kiritildi: Bugun 15:11. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!