Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 14 yoshli qiz bir necha shaxs tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Milliy tiklanish» fraksiyasi a’zosi Dilnoza Azizova bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha quyidagi choralar kechiktirilmasdan amalga oshirilishi zarurligini bildirdi:
— voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo keskin kuchaytirilishi;
— bolalarga qarshi jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar uchun ochiq va jamoatchilik nazoratidagi reestr joriy etilishi;
— maktab, mahalla va oila darajasida bolalarni himoya qilish bo‘yicha majburiy profilaktik tizim shakllantirilishi;
— jabrlanuvchi bolalarga davlat hisobidan uzluksiz psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish mexanizmi mustahkamlanishi lozim, deb yozdi deputat.