Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Payg‘ambar Muhammad (s. a. v.)ning karikaturalarini namoyish qilgan o‘qituvchi o‘ldirildi. 9 kishi qo‘lga olindi

Payg‘ambar Muhammad (s. a. v.)ning karikaturalarini namoyish qilgan o‘qituvchi o‘ldirildi. 9 kishi qo‘lga olindi

Fransiyada o‘qituvchini o‘ldirishda gumonlanib hibsga olinganlarning soni to‘qqiz kishiga yetdi.

BFMTV telekanalining xabar berishicha, ularning barchasi 18 yoshli qotilning qarindoshlari bo‘lib, asli chechenistonlik hisoblanadi.

Evre shahrida to‘rt kishi shanba kuni tunda, yana besh kishi esa ertalab hibsga olingani aytilmoqda. To‘qqiz kishi orasida qotilning ota-onasi, ukasi va bobosi bor.

Ommaviy axborot vositalari qotilning ismi Abdulax Anzorov ekanligini aniqladi. Hujumdan keyin u ijtimoiy tarmoqlarda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga murojaat qildi: "Makron, kofirlar yetakchisi, men Muhammadni (s. a. v. — tahririyat) xo‘rlashga jur’at etgan itlaringizdan birini qatl qildim".

Qotillik Konflan-Sent-Onorin shahrida sodir bo‘ldi. Qotil maktab yaqinida o‘qituvchining tomog‘ini kesib tashlagan va voqea joyiga yetib kelgan polisiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Ma’lumot uchun, o‘qituvchi o‘z shogirdlariga Muhammad payg‘ambarimizning karikaturalarini namoyish qilgani uchun "g‘azabga" uchragani aytilmoqda.

Kiritildi: 16:02 17.10.2020. O'qildi: 8615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!