OFK Elit Chempionlar ligasining 1-turi yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchilardan tuzilgan ramziy jamoa e’lon qilindi.
Unda O‘zbekiston futboliga aloqador ikki futbolchi — "Paxtakor" darvozaboni Vladimir Nazarov hamda Farg‘onaning "Neftchi" klubi o‘ng qanot himoyachisi Koffi Kuao ham joy oldi.
Shuningdek, ramziy jamoaga Li Myon Je, Jan Xyon Su, Rami Rabia, Ruben Nevesh, Takashi Usami, Prins Ampem, Hussin Rahimi, Njiva Rakotoxarimalala va Aleksandr Chavrich ham kiritildi.