Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumanidagi «Paxtakor» MFY raisi L.O‘.ning 9 oktyabr kuni Nushkent qishlog‘ining «Nushkent birlashaylik» telegram kanaliga paxtaga chiqmaganlarga bola puli berilmasligi haqida tahdidli audio yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
Rais ushbu ovozli xabarni yuborib ishsiz fuqarolarni paxta yig‘im-terimiga chaqirgani, shundan so‘ng ular terimga kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan L.O‘.ga nisbatan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (18 750 000 so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.