Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Paxta rejasini amalga oshirib bo‘lmayapti. Barcha kuchlar esa bir viloyatga ko‘mak berishga qaratilgan

Paxta rejasini amalga oshirib bo‘lmayapti. Barcha kuchlar esa bir  viloyatga ko‘mak berishga qaratilgan

Turkmanistonda paxta rejasi hosil yaxshi bo‘lmaganligi tufayli bajarilmay qoldi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» xabar berdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi talvasaga tushib qolgan, vazir va boshqa amaldorlar bu haqda prezidentga qanday hisobot qilishlari haqida bosh qotirmoqda. O‘tgan 2018 yildagi kabi bu yil ham paxta rejasi 50 foizdan past ko‘rsatkichda bajariladi, deb yozgan nashr.

Davlat rejasi bo‘yicha 1 million 50 ming tonna paxtani yig‘ib olish ko‘zda tutilgan. Ayrim viloyatlar rejani muvaffaqiyatli amalga oshirgani televideniye orqali xabar qilingan.

Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov hokim bo‘lgan Axal viloyatida hosil yaxshi bo‘lmagani sababli paxta rejasi bajarish qiyinlashgan.

Avvalroq ushbu viloyatda rejani amalga oshirish maqsadida boshqa hududlarning muddatli harbiy xizmatchilari va yollanma dehqonlari safarbar qilinayotgani ma’lum bo‘lgandi.

2018 yili Turkmanistonda aslida 450 ming tonna paxta terib olingan, yillik reja esa 1,1 million tonna qilib bajarilgani e’lon qilingandi.

Kiritildi: 06:20 04.11.2019. O'qildi: 5662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!