Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pavel Durov Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi va Qozog‘istonda sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etilishini e’lon qildi

Pavel Durov Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi va Qozog‘istonda sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etilishini e’lon qildi

"Telegram asoschisi Pavel Durov Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan Ostona shahrida Digital Bridge forumi doirasida uchrashdi. Ular ta’lim, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlikni muhokama qilishdi", deya xabar beradi Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Durov Qozog‘istonda sun’iy intellekt laboratoriyasi ochilishini e’lon qilgan. Bu Qozog‘istonning superkompyuter klasteri va Telegram o‘rtasidagi hamkorlik bo‘ladi.

"Ushbu texnologiya bir milliarddan ortiq odamga sun’iy intellekt funksiyalaridan maxfiy, shaffof va samarali foydalanish imkonini beradi. Umid qilamizki, Qozog‘iston superkompyuter klasteri ushbu tarmoq uchun birinchi yirik hisoblash quvvatlari yetkazib beruvchisi bo‘ladi", — deya izoh berdi Durov.

Kiritildi: 15:41 02.10.2025. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!