2024 yil 7 yanvardan xorijlik fuqarolar patent berilgan kundan boshlab ikki oy ichida Rossiya IIV hududiy organini mehnat faoliyati haqida xabardor qilishi shart va zarur bo‘ladi.
Bildirish xatini uchta usul bilan taqdim etish mumkin:
▪️“registrasiya”si bo‘lgan hududdagi Ichki ishlar vazirligi bo‘limiga shaxsan murojaat qilib;
▪️pochta orqali – topshirilgani haqidagi bildirishnoma xati bilan;
▪️onlayn, “Gosuslugi” portali orqali.
“UvedomleniYE” shakli va topshirish tartibi tasdiqlangan va rasmiy huquqiy axborot portalida joylangan.
❗️Diqqat, muhim: agar hatto mehnat shartnomasi tuzilmagan, migrant og‘zaki kelishuv bilan ishlayotgan bo‘lsa ham, u bu haqda IIBni xabardor qilishi shart.
Agar bu ishni qilmasa nima bo‘ladi?
Agar xorijlik 2024 yildan mehnat faoliyati haqida IIVni o‘z vaqtida xabardor qilmasa, uning patenti bekor qilinadi. Qolaversa, migrant yangi patentni eskisi bekor qilingan sanadan bir yil o‘tibgina rasmiylashtira oladi. Ya’ni bir yilgacha yangi patent berilmaydi.
📢Xabarni Rossiyadagi tanishlaringizga yuborib, ularni ham xabardor qilib qo‘ying.