Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Pashinyanga «muzlatib qo‘yishiga» ruxsat berilmaydimi? Kremlning bildirishicha, KXSHTga a’zolikni to‘xtatib turish nizomda ko‘zda tutilmagan

A A A
Pashinyanga «muzlatib qo‘yishiga» ruxsat berilmaydimi? Kremlning bildirishicha, KXSHTga a’zolikni to‘xtatib turish nizomda ko‘zda tutilmagan

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, KXSHT nizomida ma’lum bir davlatning a’zoligini «muzlatish» ko‘zda tutilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada Armanistonning tashkilotga a’zolik bo‘yicha pozisiyasi haqida hali tushuncha shakllanmagan, deb yozadi «Kommersant».

O‘tgan hafta Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning KXSHTdagi ishtiroki «muzlatilgan»ligini aytdi.

Moskva bu mavzuda Yerevan bilan aloqalarni davom ettirmoqda, dedi Peskov. «Biz arman hamkorlarimiz bilan tez-tez aloqadamiz. Albatta, biz bunga aniqlik kiritamiz», — dedi Peskov.

KXSHT kotibiyati Armanistondan a’zolikni to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha hozircha hech qanday ariza kelib tushmaganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:14 26.02.2024. O'qildi: 1168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!