Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

“Partiyalarni ham, deputatlarni ham tanimaymiz, bunga ularning o‘zi sababchi” – aholi bo‘lajak saylovlar haqida

A A A
“Partiyalarni ham, deputatlarni ham tanimaymiz, bunga ularning o‘zi sababchi” – aholi bo‘lajak saylovlar haqida

Joriy yilning so‘ngida O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘ladi. O‘zbekistonliklar ushbu siyosiy voqea haqida ma’lumotga egami? Umuman olganda, siyosiy partiyalar va ularning nomzodlarini qanchalik bilishadi? Togri.uz odamlarga ushbu savollar bilan yuzlandi.

Qanaqa saylov?

Ko‘pchilik saylov haqida ma’lumotga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, respondentlar orasida ushbu siyosiy jarayonga befarqlar hamda bu borada deyarli tushunchaga ega bo‘lmaganlar ham yetarlicha bor edi. Kimdir “Prezidentlikka saylov bo‘ladimi?” deya savolga savol bilan javob bergan bo‘lsa, yana kimdir “Viloyatlar bo‘yichami” deya tusmol javob qaytardi.

Ekologik partiyaning borligi ko‘pchilikka noma’lum

Ekologik partiya o‘zini aholiga tanitmagani javoblardan ko‘rinib qoldi. “Yurtimizda nechta siyosiy partiya bor?” deb so‘ralganda, aksar respondentlar “4 ta” deb javob qaytardi. Rasman ish yurita boshlaganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan Ekologik partiya haqida esa ko‘pchilikning mutlaq xabari yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ldi.

“Partiya deputatlarini endi-endi taniyapmiz”

So‘rovda ishtirok etganlarning aksari partiyalar faoliyati yetarlicha targ‘ib qilinmayapti degan fikrda.

Respondentlardan biri “O‘zini (siyosiy partiyalar) xalqqa tanishtirmagan. Shuning uchun ularning faoliyati haqida bilmaymiz” degan bo‘lsa, yana biri “Bu haqida shaxsan men ma’lumotga ega emasman. Partiyalarni ham, deputatlarni ham endi-endi taniyapmiz-da”, deydi.

Markaziy saylov komissiyasi saylovchilarni ayblagan edi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov partiya va nomzodlar haqida bilmagani uchun saylovchi aybdorligini ta’kidlagan edi. Aftidan saylovchilar bu fikrga qo‘shilmaydi.

 

Kiritildi: 07:30 21.09.2019. O'qildi: 2203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!