Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Parkentda Damas yonib ketdi

A A A
Parkentda Damas yonib ketdi

Toshkent viloyati Parkent tumanida Damas yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 20 iyun kuni soat taxminan 16:00 larda Parkent tumani hududidan o‘tgan 4R15 Qiziltog‘—Parkent—Yangibozor avtomobil yo‘lining 56-kilometrida (“Parkent” bozori qarshisida) sodir bo‘lgan. 1985 yilda tug‘ilgan J.B.ga tegishli bo‘lgan, to‘xtab turgan Damas’da yong‘in yuzaga kelgan.

Ushbu holat sodir bo‘lgan vaqtda avtomobilda hech kim bo‘lmagan. Yong‘in natijasida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulovning ma’lum qismi yonib ketgan.

Hozirda holat yuzasidan Parkent tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:15 20.06.2024. O'qildi: 1753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!