Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Ukraina tinchlik evaziga hududining bir qismini Rossiyaga berishi mumkin

Ukraina tinchlik evaziga hududining bir qismini Rossiyaga berishi mumkin

Ukraina Qurolli Kuchlarining sobiq rahbari, hozirda Ukrainaning Londondagi elchisi Valeriy Zalujniy jangovar harakatlarni tugatish uchun hududlarning bir qismi Rossiyaga berilishi mumkinligi haqida gapirdi. Mazkur bayonot Ukraina rahbariyatidagi tub o‘zgarishlarni ko‘rsatishi mumkin.

Britaniyaning The Daily Telegraph nashriga bergan intervyusida Zalujniy Kiyev uchun hozirgi bosqichda xavfsizlik masalalari hududiy bahslardan muhimroq ekanini aytdi.

U sabzavot bog‘ini misol qilib keltirar ekan, shunday dedi: “Agar qo‘shnim bog‘imning bir qismini o‘zlashtirib olgan bo‘lsa, biz bu masalani hal qilishimiz kerak. Hozir bo‘lmasa, farzandlarimiz buni qiladilar”.

Zalujniyning ushbu so‘zlari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Zero, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy barcha yo‘qotilgan hududlarni qaytarish tinchlikka erishishning ajralmas sharti ekanini ta’kidlagan edi. Bu o‘tgan hafta taqdim etilgan "g‘alaba rejasi"da ham yozilgan.

Britaniya nashrining ta’kidlashicha, Zalujniyning bayonoti Ukraina rahbariyatidagi tub o‘zgarishlarni ko‘rsatishi mumkin, chunki ilgari hududlarni imtiyozlar mavzusi taqiqlangan edi. Gazeta jurnalistlari suhbatlashgan Ukraina harbiy manbalari ham mojaroning tezroq tugatilishi tarafdori ekanini bildirib, katta yo‘qotishlar va tez g‘alaba qozonib bo‘lmasligini qayd etishgan.

Ayni paytda, G‘arb urushning uzayishi Rossiyaning 2025-2026 yillardagi pozisiyasini zaiflashtirishi mumkin, deb hisoblaydi, ammo ukrainaliklar uchun tinchlik hozir muhimroq.

2024 yilning fevraligacha Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimida ishlagan Zalujniy prezident Zelenskiy bilan kelishmovchilikdan so‘ng ishdan bo‘shatilgandi. Keyinchalik u Londonga elchi etib tayinlandi. Hozirda Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligiga Aleksandr Sirskiy boshchilik qilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyun oyida tinchlik o‘rnatish uchun o‘z shartlarini qo‘ygandi: barcha Ukraina qo‘shinlarini Moskva da’vo qilgan to‘rtta hududdan - Donesk, Lugansk, Zaporojye va Xersondan olib chiqib ketishi kerak. Bundan tashqari, u Kiyevdan NATOga a’zo bo‘lmaslik hamda neytral maqomini saqlab qolishni talab qildi.

Zelenskiy bu talablarni ultimatum deb atadi va uning Oliy Radada taqdim etilgan “g‘alaba rejasi” jangovar harakatlarni davom ettirish hamda Ukrainaning NATOga kirishini o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: Bugun 16:36. O'qildi: 1432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!