Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Parijdagi Milliy tabiiy tarix muzeyidadan 600 ming yevrolik oltin quymasi "uxlatib" ketildi

A A A
Parijdagi Milliy tabiiy tarix muzeyidadan 600 ming yevrolik oltin quymasi "uxlatib" ketildi

Parijdagi Milliy tabiiy tarix muzeyida (MNHN) dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi o‘g‘irlik sodir bo‘ldi.

Actu17 portali xabar berishicha, yetkazilgan zarar 600 ming yevroga baholanmoqda.

Nashr manbalariga ko‘ra, qaroqchilar yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va oltita oltin quymasini olib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Voqea yuzasidan tergov ishlarini sud polisiyasining banditizmga qarshi brigadasi olib bormoqda.

Avgust oyida France Info radiostansiyasi MNHN bir necha hafta davom etgan keng ko‘lamli kiberhujumga uchragani haqida xabar bergan edi. Shu sababli "tadqiqot, ekspertiza, kutubxonalarning normal ishlashi va kolleksiyalar bo‘yicha maslahat faoliyati uchun zarur bo‘lgan onlayn vositalar" mavjud emasligi qayd etildi.

Milliy tabiat tarixi muzeyi bir qancha muzeylar, laboratoriyalar, kutubxonalar va bog‘larni, jumladan Parijdagi Botanika bog‘i va Vinsen hayvonot bog‘ini o‘z ichiga olgan yirik ilmiy tadqiqot markazining bir qismidir.

Kiritildi: 10:45 17.09.2025. O'qildi: 1022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!