Parij polisiyasi shanba kuni ertalab Eyfel minorasidan parashyut bilan sakragan erkakni hibsga oldi.
Bu haqda Le Journal du Dimanche gazetasi huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, yodgorlik hali tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘lgan soat 05:20da uch nafar yosh Eyfel minorasiga ko‘tarilgan. Bir soat o‘tgach, ulardan biri parashyut bilan minoradan sakrab, Champ de Marsga qo‘ndi va u yerda polisiya otryadi tomonidan qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, qoidabuzarlar “arxitektura yodgorligi hisoblangan binoga ruxsatsiz kirish”da ayblanmoqda. Ularning xatti-harakatlari ustidan shikoyat Eyfel minorasini ekspluatasiya qilish jamiyati (SETE) vakili tomonidan berilgan.