Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Parijda 400 yil oldin yo‘qolgan Rubens kartinasi tasodifan topildi

Parijda 400 yil oldin yo‘qolgan Rubens kartinasi tasodifan topildi

Parijdagi qasrlardan birida Piter Pol Rubensning XVII asrning birinchi choragiga oid "Xochdagi Masih" kartinasi topildi. Bu haqda Franceinfo telekanali xabar berdi.

"Men bu durdona "Xochdagi Masih"ni 2024 yil sentyabr oyida inventarizasiya paytida topib oldim" - dedi Osenat auksion uyi auksioneri va direktori Jan-Pyer Osen.

1613 yilda yaratilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu durdonani Osen Parijning 6-okrugidagi qasrni inventarizasiya qilish paytida topdi.

Avvalroq O‘rta yer dengizi tubida Fransiya qirg‘oqlari yaqinida XVI-asrga oid cho‘kib ketgan kemaning qoldiqlari topilgan edi. Mutaxassislarning fikricha, kema Italiya shimoli-g‘arbidagi portdan suzib ketayotgan bo‘lishi mumkin edi.

Kiritildi: 11:40 11.09.2025. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!