Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Parij Olimpiadasida ishtirok etgan birinchi ayol kim?

Parij Olimpiadasida ishtirok etgan birinchi ayol kim?

Parij Olimpiadasi kundan kunga yaqinlashib bormoqda. Shu munosabat bilan Sportni rivojlantirish boshqarmasi Fransiya haqidagi qiziqarli faktlardan birini e’lon qildi. Bundan roppa-rosa 124 yil avval Parij Olimpiadasida ishtirok etgan birinchi ayol sportchi kim ekanligi aniqlandi.

1900 yilda Parij Olimpiadasida ilk martoba ayollarga qatnashishga ruxsat berildi. 5 oy davom etgan musobaqada (14 may – 28 oktyabr) shveysariyalik Elen de Purtales yelkanli suzish bo‘yicha jamoaviy musobaqada ishtirok etdi va turmush o‘rtog‘i bilan birga chempion bo‘ldi.

O‘sha paytda ayollarga faqat tennis va golfdan mukofot (2,2%) berilgan.

Bu yil, ya’ni 2024 yilgi Parij Olimpiadasida erkaklar va ayollar nisbati birinchi marta 50/50 ni tashkil qilmoqda.

Olimpiya reestridagi erkaklar va ayollar ulushi:

1896 yil. Erkaklar - 100%

Parij 1900 yil. Erkaklar - 97,8%, ayollar - 2,2%

1904 yil. 99,1/0,9%

1908 yil. 98,2/1,8%

1912 yil. 98/2%

1920 yil. 97,6/2,4%

Parij 1924 yil. 95,6/4,4%

1928 yil. 90,4/9,6%

1932 yil. 91/9%

1936 yil. 91,7/8,3%

1948 yil. 90,5/9,5%

1952 yil. 89,5/10,5%

1956 yil. 86,7/13,3%

1960 yil. 88,6/11,4%

1964 yil. 86,8/13,2%

1968 yil. 85,8/14,2%

1972 yil. 85,4/14,6%

1976 yil. 79,3/20,7%

1980 yil. 78,5/21,5%

1984 yil. 77/23%

1988 yil. 73,9/26,1%

1992 yil. 71,2/28,8%

1996 yil. 66/34%

2000 yil. 61,8/38,2%

2004 yil. 59,3/40,7%

2008 yil. 57,6/42,4%

2012 yil. 55,8/44,2%

2016 yil. 55/45%

2021 yil. 51,2/48,8%

Parij 2024 yil. 50/50%

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Olimpiada o‘yinlarida Qozog‘istondan ishtirok etayotgan sportchilar orasida erkaklar ulushi 67,5 foizni, ayollar ulushi esa 32,5 foizni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:03 10.07.2024. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!