Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Parij apellyasiya sudi Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini qamoqxonadan ozod qildi — BFMTV

Parij apellyasiya sudi Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini qamoqxonadan ozod qildi — BFMTV

Sarkozi 21 oktyabrdan beri La-Sante qamoqxonasida saqlanayotgan edi. U 2007 yilgi saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish ishi bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Ayblov tomonining versiyasiga ko‘ra, Nikolya Sarkozi o‘z yordamchilariga Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiy bilan aloqa o‘rnatishga ruxsat bergan. Buning evaziga u saylov kampaniyasi uchun moliyaviy yordam olgan va Qazzofiyga G‘arb bilan munosabatlarni tiklashda ko‘maklashishga va’da bergan.

Sarkozi besh yil qamoq jazosiga hukm qilingan, ammo u bu qarorga apellyasiya shikoyati kiritgandi. Fransiyada, ayrim istisnolardan tashqari, jinoiy ishlar bo‘yicha hukmlar faqat barcha shikoyat imkoniyatlari tugagach kuchga kiradi. Shu sababli, Sarkozi qamoqqa joylashtirilgan zahoti uning advokatlari uni ozod qilish haqidagi ariza topshirgandi.

Nikolya Sarkozi 2007–2012 yillar davomida Fransiya prezidenti bo‘lgan. U Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari orasida qamoqqa tushgan birinchi shaxs hisoblanadi.

Kiritildi: 19:10 10.11.2025. O'qildi: 1476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!