Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi

Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi

«Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar paralimpiya sport turlarini (parayengil atletika, paradzyudo, parataekvondo, parasuzish, parapauerlifting, parao‘q otish) yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning paralimpiya sport turlariga qiziqishini oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • terma jamoalar uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish.

Paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlashning quyidagi takomillashtirilgan tartibi joriy etiladi:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning imkoniyati va qiziqishiga qarab, ularning boshqa sog‘lom sport guruhlarida ham shug‘ullanishi hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishiga sharoit yaratiladi;
  • haqiqiy talabdan kelib chiqib, har bir hududda ayrim davlat sport maktablari paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
  • paralimpiyachilarni tayyorlashda ularning nogironlik toifasini (klassifikasiyasini) barvaqt aniqlash amaliyoti joriy etiladi;
  • paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoalarning puxta tayyorgarligini tashkil qilish uchun har bir sport turi bo‘yicha alohida sport bazalari biriktiriladi.
Kiritildi: Bugun 13:14. O'qildi: 204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!