9 sentyabr kuni Kinematografiya agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan yaratilgan «Pandemiya» badiiy filmining maxsus premyerasi o‘tkaziladi.
Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan.
Film 2020–2021 yillarda butun dunyoga, xususan, O‘zbekiston aholisi hayotiga xavf solgan Covid-19 virusi va uning mamlakatdagi tibbiyot sohasiga ta’siri haqida hikoya qiladi.
Senariy muallifi Husnillo Jomonqulov, rejissyor Madina Xalilova, operatorlar Dilmurod Turdiboyev va Alisher Ahmedov, prodyuser Abror Nabiyev.