Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Mask Yevropa davlatlarini yo‘q bo‘lib ketishini taxmin qildi

Mask Yevropa davlatlarini yo‘q bo‘lib ketishini taxmin qildi

Evropa mamlakatlari, xususan, Germaniya hozirda tug‘ilishning pastligi tufayli yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi.

Bunday fikrni SpaceX va Tesla asoschisi, amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Ular (Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari) yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”, — dedi u.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya va Yevropa tug‘ilishning pastligi tufayli chuqur inqirozga uchragan.

Ilgari milliarder insoniyat katta demografik inqiroz xavfiga duch kelayotgani, buning natijasida butun xalqlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Mask Italiya, Fransiya va Yaponiya madaniyatlari ham xavf ostida ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 10:23. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!