Panama AQSh sanksiyalari tufayli 128 dan ortiq kemani ro‘yxatdan olib tashlaydi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi Panama dengiz savdosi boshqarmasi rahbari Ramon Frankoga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kamida 70 ta tankerga nisbatan bunday choralar allaqachon ko‘rilgan.
Uning ta’kidlashicha, Panama reestri dunyodagi eng yiriklaridan biri bo‘lib, 8000 dan ortiq kemalar Panama bayrog‘ida suzmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoyning Panama kanaliga ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish maqsadida Panamadagi harbiy ishtirokini oshirishi mumkinligi xabar qilingandi.
Fevral oyida Pentagon kotibi Pit Xegset va Panama prezidenti Xose Raul Mulino telefon orqali suhbatda ikki davlatning yaqin aloqalari va umumiy xavfsizlik manfaatlarini muhokama qilgan va Panama kanalini himoya qilish masalasiga to‘xtalgan edi.