Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Panama g‘arbida yomg‘ir tufayli to‘rt kishi halok bo‘ldi

Panama g‘arbida yomg‘ir tufayli to‘rt kishi halok bo‘ldi

Panamaning g‘arbiy qismida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda Fuqarolarni himoya qilish milliy tizimi xabar berdi. Xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, Chiriki, Bokas-del-Toro, Veraguas, Errera va Los-Santos provinsiyalarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan.

Suv toshqini oqibatida 4 kishi, jumladan, bir polisiyachi halok bo‘ldi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Panama prezidenti Xose Raul Mulino X ijtimoiy tarmog‘ida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Panama meteorologiya va gidrologiya instituti kuchli yomg‘ir davom etishi haqida ogohlantirdi va fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Kiritildi: 11:48 05.11.2024. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!