AQShda bir guruh g‘ozlar timsohning ortidan quvishdi. Bu g‘alati hodisa golf maydonida sodir bo‘lgan.
Floridalik golf o‘yinchisi 8 ta g‘ozining baland ovozda shovqin solgancha timsohni quvib kelayotganini suratga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur janjalli vaziyat nima bilan yakun topgani hozircha noaniqligicha qolmoqda.
Rolikni feysbukka joylashtirgan muallif unga: «Golf maydonida seni nima kutayotganini hech qachon bila olmaysan», deb izoh qoldirdi.
Kommentatorlarning fikricha, timsoh g‘ozlardan birining bolasini yeb qo‘ygan va ular bundan qattiq g‘azablangan.
Manba: vesti.ru