➖ Jamshid Olimovich Urunov qo‘mita raisining o‘simliklar karantini va himoyasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Biznes-ombudsman o‘rinbosari edi.
➖ Xurshid Xotamdjanovich Raxmatullayev qo‘mita raisining moliya va iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari edi.
➖ Furqat Zakirovich Djalilov qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident Administrasiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori edi.
➖ Elyor Xolmatovich Talaboyev qo‘mita raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.