Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ozdiruvchi kofe mahsulotlarini chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ozdiruvchi kofe mahsulotlarini chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

“G‘ishtko‘prik“ chegara bojxona post orqali piyoda holda kirib kelgan fuqaroning yonidan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko‘rsatilmagan 14 dona ko‘k rangli paketlarga solingan ozdiruvchi kofe mahsulotlari borligi aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Bojxona qo‘mitasi Markaziy laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra, jami 3 221, 36 gramm bo‘lgan vazn yo‘qotish uchun mo‘ljallangan kofe mahsulotlari tarkibida “sibutramin“ kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun: “Sibutramin“ moddasi- 2019 yil 27 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir etuvchi moddalar aylanishini tartibga solish to‘g‘risida“gi 818-son qarorida keltirilgan ro‘yxatga ko‘ra, respublika hududiga muomalasi cheklangan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarga kiritilgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:22 09.11.2024. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!