Buyuk Britaniyada 80 dan ortiq kishi «Ozempik» va «Tirzepatid» kabi dori vositalarini qabul qilish oqibatida vafot etdi. Bu haqida Daily Mail xabar berdi.
Ushbu dorilar asosan qandli diabet va vazn yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. Britaniya dori vositalari va tibbiy buyumlarni tartibga solish agentligi (MHRA) yanvar oyining oxirida ushbu dorilar bilan bog‘liq 22 ta o‘lim holatini qayd etdi.
Bundan tashqari, II turdagi qandli diabetni davolash uchun mo‘ljallangan boshqa preparatlar tufayli yana 60 ta o‘lim holati aniqlangan.
Mutaxassislar va Shoshilinch tibbiyot jamiyati kabi tashkilotlar «Ozempik», «Tirzepatid» va boshqa vazn yo‘qotish dorilarini buyurishda cheklovlarni kuchaytirishga chaqirmoqda.