Bu haqda Ukrainaning “Naftogaz” energetika kompaniyasi boshqaruvi raisi Sergey Koreskiy ma’lum qildi.
"Sinov yetkazib berilishi Transbolqon yo‘lagi orqali amalga oshirildi. Bu hajm jihatidan kichik bo‘lsa-da, strategik ahamiyatga ega qadam bo‘lib, uzoq muddatli hamkorlikka yo‘l ochadi", — Koreskiy.
Qayd etish joiz, oldinroq “Naftogaz” Ozarboyjonning SOCAR energetika kompaniyasi bilan gaz xaridi bo‘yicha ilk shartnomani imzolagandi.
Ukraina Energetika vaziri Svetlana Grinchukning so‘zlariga ko‘ra, Transbolqon gaz quvuri Ukrainaga butun dunyodan Greyiya va Turkiyadagi terminallarga kelayotgan suyultirilgan gaz hamda Ozarboyjon gaziga yo‘l ochadi. U “Naftogaz” va SOCAR o‘rtasidagi bitim olib borilgan sa’y-harakatlar va muzokaralar natijasi ekanini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Transbolqon yo‘lagi – bu Ukraina, Moldova, Ruminiya, Bolgariya va Turkiya hududi orqali o‘tuvchi magistral gaz quvuri hisoblanadi.