Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ozarbayjonda Qo‘qon davlat pedagogika instituti delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ozarbayjonda Qo‘qon davlat pedagogika instituti delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

16 iyun kuni Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi (OMFA) Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutida Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti (O‘zbekiston) delegasiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

OMFA prezidenti, akademik Iso Habibbeli tadbirda so‘zlagan nutqida xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalari ming yillarga borib taqalayotganini, keyingi yillarda esa Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni alohida ta’kidladi. Bu munosabatlar Shavkat Mirziyoyev davrida eng yuqori cho‘qqiga chiqqanini qayd etdi. Akademik bugungi kunda O‘zbekiston turkiy dunyo bilan integrasiya yo‘lida katta qadamlar tashlayotganini, turkiy tilli davlatlar bilan barcha sohalarda yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yganini ta’kidladi.

Akademik Iso Habibbeyli Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanganini eslatib, bugungi kunda OMFA ilmiy muassasalari O‘zbekistonning ko‘plab tegishli tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelayotganini qo‘shimcha qildi.

OMFA prezidenti o‘zi rahbarlik qilayotgan Adabiyot instituti bilan O‘zbekistondagi fan va ta’lim muassasalari o‘rtasida keng aloqalar o‘rnatilganini ta’kidlab, 2014 yildan buyon institutda har yili buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyga bag‘ishlangan anjumanlar o‘tkazib kelinayotganini ta’kidladi. Adabiyot fani, institut xodimlari vaqti-vaqti bilan O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan tegishli konferensiyalarda qatnashib keladi. Akademik Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov tashabbusi bilan bu yil ilk bor Boku shahrida “Alisher Navoiy va XXI asr” konferensiyasi boshlanganini alohida ta’kidladi.

“O‘tgan yillarda Adabiyot institutida Muhammad Bobur, Maqsud Shayxzoda, G‘afur G‘ulomga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi, anjumanlar o‘tkazildi. “Qiyosiy adabiyotshunoslik” jurnalining sonlaridan biri butunlay O‘zbekistonga bag‘ishlandi. Adabiyot institutida Alisher Navoiy nomidagi markaz, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Muhammad Fuzuliy nomidagi markaz faoliyat ko‘rsatmoqda", dedi akademik Iso Habibbayli.

Adabiyot institutida o‘zbek adabiyoti bo‘yicha dissertasiyalar ustida izlanish va ishlar davom etayotganini ta’kidlagan OMFA rahbari mehmonlarni yana bir bor samimiy qutladi.

O‘z navbatida Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori, professor Dilnoza Xodjayeva Fanlar akademiyasi rahbariyatiga mehmondo‘stligi uchun minnatdorchilik bildirdi. U mamlakatlarimiz o‘rtasida tarixan o‘rnatilgan do‘stona, qardoshlik munosabatlari haqida gapirib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy izlanishlar olib borishdan ham manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda Adabiyot institutining Ozarbayjon-turkman-o‘zbek adabiy aloqalari bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori Almaz Ulvi Binnatova, filologiya fanlari doktori Yashar Gasimbeyli, Qo‘qon davlat pedagogika instituti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nigora Qodirova, professorlar Nigor Erkaboyeva va Dilnoza Jamoliddinovalar ham so‘zga chiqib, uchrashuvning ahamiyatini ta’kidlab, hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida to‘xtalib o‘tdilar.

So‘ngra akademik Iso Habibbayli va filologiya fanlari doktori Almaz Ulvi Binnatovalarga Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti faxriy professori diplomlari topshirildi. Olimlarga diplomlarni institut rektori, professor Dilnoza Xodjayeva topshirdi.

Yakunda sovg‘alar almashildi va esdalik uchun suratga tushishdi.

Kiritildi: 16:20 19.06.2023. O'qildi: 2023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!