Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ozarbayjonda karantin choralari qayta kuchaytirildi

Ozarbayjonda karantin choralari qayta kuchaytirildi

Ozarbayjonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar sonining ko‘payishi tufayli karantin choralari qayta kuchaytirildi, deb xabar beradi «Xabar 24» telekanali.

Mamlakat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tezkor shtabning qaroriga binoan, ushbu haftada shanba va yakshanba kunlari uydan chiqish taqiqlanadi. Hozirda barcha muassasalar ochiq emas, jamoat transporti va avtomobillar ishlamaydi. Bu cheklov bemorlarning soni keskin ko‘paygan Boku, Sumqayit, Ganja, Lyankoran shaharlari va Apsheron tumanida joriy etildi. Faqatgina shifokorlar va muhim sohalardagi mutaxassislarning ishlashiga ruxsat beriladi.

May oyida karantin bekor qilingandan beri Ozarbayjonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi. So‘nggi anti-rekord 3 may kuni qayd etilgan. Shu kuni 325 bemorda kasallik  aniqlandi.

«Bemorlar soni keskin oshdi. Shu bilan birga, 6 iyundan 8 iyungacha biz Boku, Sumqayit, Ganja, Lyankoran shaharlari va Apsheron tumanlarida qattiq karantin rejimini joriy qilamiz. Ushbu chora-tadbirlarning barchasi fuqarolarimizning salomatligi va hayotini himoya qilishga qaratilgan», - dedi Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov.

O‘tgan kun davomida Ozarbayjonda 325 ta yangi holat aniqlandi, besh kishi vafot etdi.

Fevral oyining oxiridan boshlab Ozarbayjonda jami 6 522 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. 78 nafar kishi virusdan vafot etgan bo‘lsa, 3737 kishi kasallikni yenggan.

Kiritildi: 09:41 05.06.2020. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!