Evropa Ittifoqi Rossiya energiya manbalaridan voz kechayotgan bir paytda, ushbu bo‘shliqni aynan Qaspiybo‘yi davlatlari — Ozarbayjon va Qozog‘iston to‘ldirishi kutilmoqda, deyiladi tahlilda.
OPEK ma’lumotlariga ko‘ra, neft va gaz kondensati yetkazib berish hajmi Yevropaga 2050 yilgacha o‘rtacha kunlik 1,6 million barrel atrofida barqarorlashadi. Bu ko‘rsatkich 2022 yilgacha bo‘lgan darajadan ancha kam — o‘sha vaqtda Rossiya nefti hali erkin ravishda Yevropa bozoriga kirib kela olar edi.
📉 Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga embargosi yetkazib berish yo‘nalishlarini o‘zgartirdi. Rossiya–Qaspiy mintaqasidan neft importi 2024 yilda 1,8 mln barrel/kun darajasida bo‘lishi kutilsa, 2030 yilgacha bu ko‘rsatkich 1,7 mln barrel, 2050 yilda esa 1,6 mln barrelgacha tushishi aytilmoqda.
Dokladda ta’kidlanishicha, Ukraina urushi tugashidan so‘ng ham Rossiya neftining Yevropa bozoriga qaytishi ehtimoli juda past. Bu Ozarbayjon va Qozog‘istonning Yevropa uchun uzoq muddatli energiya hamkorlari sifatidagi rolini kuchaytiradi.
2027 yilgacha gaz eksport hajmi 20 milliard kub metrgacha oshirilishi rejalashtirilgan. Neft eksport hajmi esa 18,4 million tonnani tashkil qildi.
Asosiy yo‘nalish — Janubiy gaz koridori: unga Shah-Deniz 2 koni, TANAP va TAP gaz quvurlari kiradi. Ozarbayjon hozirda 12 davlatga gaz yetkazib bermoqda, shulardan 10 tasi Yevropa, 8 tasi — YEI a’zosi.
Asosiy transport yo‘nalishi — Rossiyaning Novorossiysk porti orqali o‘tadigan Kaspiy quvur konsorsiumi (KTK). Biroq geosiyosiy xatarlar sabab Qozog‘iston alternativ yo‘llarni qidira boshladi.
2024 yilda Boku–Tiflis–Jayhun (BTD) quvuri orqali 1,5 million tonna neft eksport qilindi. Kelajakda bu ko‘rsatkich 20 million tonnagacha yetishi kutilmoqda.
Shuningdek, Qozog‘iston «yashil energiya»ni ham Ozarbayjon orqali Yevropaga eksport qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. 2025 yilda Germaniyaga neft yetkazib berish hajmini 50% ga oshirish rejalashtirilgan.
Narxlar tushishi va eksportdagi uzilishlarga qaramay, jismoniy hajmda yetkazib berish ko‘paymoqda.