Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ozarbayjon Ukrainaga navbatdagi gumanitar yordamni yubordi

Ozarbayjon Ukrainaga navbatdagi gumanitar yordamni yubordi

Ozarbayjon Ukrainaga yana bir insonparvarlik yordamini jo‘natdi. Bu haqda Trend xabar berdi.

Insonparvarlik yordami Ukraina tomonining murojaatini inobatga olgan holda prezident Ilhom Aliyev topshirig‘i bilan tashkil etilgan.

Gumanitar yuklar suv quvurlari, nasoslari, qutqaruv jiletlaridan iborat.

Shu bilan birga, Ukrainaga qutqaruv ishlarida qatnashadigan texnika va kemalar uchun mo‘ljallangan 20 tonna yoqilg‘i jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, gumanitar yuk Bokudan Polshaga, u yerdan esa Ukrainaga samolyotda yetkaziladi.

Kiritildi: 23:32 09.06.2023. O'qildi: 2347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!