Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ozarbayjon uch nafar rossiyalikni zo‘ravonlik va terrorizmga chaqiriqlarda ayblab, xalqaro qidiruvga berdi

Ozarbayjon uch nafar rossiyalikni zo‘ravonlik va terrorizmga chaqiriqlarda ayblab, xalqaro qidiruvga berdi

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi Rossiyaning uch nafar fuqarosi — «Moskva 24» telekanali boshlovchisi Ivan Knyazev, siyosiy maslahatchi va media eksperti Semyon Uralov hamda jurnalist, Rossiya transport vazirining maslahatchisi Aleksey Chadayevni xalqaro qidiruvga berdi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ular Uralovning YouTube-kanalida 14 iyul va 13 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan efirlarda Ozarbayjonga qarshi zo‘ravonlik harakatlariga, konstitusiyaviy tuzumni o‘zgartirish va mamlakat hududiy yaxlitligini buzishga, shuningdek, milliy adovat va terrorizmni targ‘ib qilishga chaqirgan.

Uchalasiga nisbatan terrorizmga, davlatga qarshi harakatlarga ommaviy chaqiriqlar va milliy adovatni qo‘zg‘atish moddalari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchilar Ozarbayjondan tashqarida bo‘lgani sababli, sud ularni hibsga olish chorasini tanlagan.

Kiritildi: 13:22 18.08.2026. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!