Ozarbayjon Rossiya fuqarolari uchun mamlakatda bo‘lish qoidalarini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayxan Gajizade xabar berdi.
Rasmiyning ta’kidlashicha, ushbu choralar Rossiyaning migrasiya siyosatidagi Ozarbayjon fuqarolariga ham ta’sir etuvchi o‘zgarishlarga javoban ishlab chiqilmoqda.
“Mamlakatda vaqtinchalik bo‘lish va migrasiya masalalarida Ozarbayjon tashqi siyosatning boshqa jihatlarida bo‘lgani kabi tenglik va o‘zarolik tamoyillariga amal qiladi”, dedi Gajizade.
U tegishli o‘zgarishlar yaqin kunlarda kuchga kirishini qo‘shimcha qildi.