Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ozarbayjon Respublikasi Moliyaviy monitoring xizmati delegasiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Ozarbayjon Respublikasi Moliyaviy monitoring xizmati delegasiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining taklifiga binoan joriy yilning 14 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Moliyaviy monitoring xizmati Boshqaruv Raisi Zaur Fatizada boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Bosh prokuror o‘rinbosari – Departament boshlig‘i Shamsiddin Soxibnazarov va Ozarbayjon Respublikasi Moliyaviy monitoring xizmati Boshqaruv Raisi Zaur Fatizada o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Konstruktiv muloqot davomida tomonlar jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish, shuningdek ikki davlat moliyaviy razvedka bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Shuningdek, Ozarbayjon delegasiyasiga Departament organlarining asosiy faoliyati, xavflarni baholash markazi, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan islohotlar tanishtirildi.

Bundan tashqari, Ozarbayjon delegasiyasi O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurib, idoraning ko‘p yillik tarixi, uning tajribasi va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Kiritildi: 09:23 15.04.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!