Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘l olgani bilan muborakbod etdi.
Bu haqda azertag.az xabar berdi.
"Bugun uchrashuvimizni boshlar ekanman, avvalo, muhtaram Shavkat Miromonovichni o‘z nomimdan va butun Ozarbayjon xalqi nomidan tarixiy yutuq – futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh final bosqichiga chiqqani bilan tabrikladim va bu muvaffaqiyat tasodifiy emasligini ta’kidladim. Bu o‘zbek sportchilarining xalqaro maydonda namoyish etayotgan shonli sport g‘alabalarining, jumladan, Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi tarixiy yutuqlarning davomidir", – dedi Aliyev.