Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ozarbayjon Davlat neft kompaniyasi vise-prezidenti Ziba Mustafoyeva rahbarligidagi delegasiya O‘zbekistonda

Ozarbayjon Davlat neft kompaniyasi vise-prezidenti Ziba Mustafoyeva rahbarligidagi delegasiya O‘zbekistonda

Ozarbayjon Davlat neft kompaniyasi (COCAR) vise-prezidenti Ziba Mustafoyeva rahbarligidagi delegasiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Delegasiya tarkibiga Ozarbayjon Respublikasi Davlat neft kompaniyasi bosh ofisi Inson kapitalini rivojlantirish va funksional takomillashtirish departamenti boshlig‘i Elnur Huseynov, Boku oliy neft maktabi (BONM) rektori Elmar Qosimov va Boku oliy neft maktabi uzluksiz ta’lim fakulteti dekani Ravshan Budagov ham kirdi.

Tashrif doirasida delegasiya Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor Botir Usmonov va universitet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Boku oliy neft maktabi (BONM) va Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘rtasida «Kimyo muhandisligi» ixtisosligi bo‘yicha ikki darajali magistratura dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikda kadrlar tayyorlash imkoniyatlari bo‘yicha ham fikrlar almashildi.

Qayd etish joizki, mazkur hamkorlik 2023 yil 18 iyulda Ozarbayjon Respublikasi Davlat neft kompaniyasi (SOCAR) va O‘zbekistonning «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida imzolangan Kadrlarni birgalikda tayyorlash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida amalga oshiriladi va Ozarbayjon ta’lim tizimidagi bu loyiha oliy darajadagi birinchi tajriba bo‘ladi.

Ikki diplom dasturiga Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari jalb qilinadi va dastur bo‘yicha o‘qitish jarayoni akademik va texnik yordamdan foydalangan holda Boku oliy neft maktabi tomonidan amalga oshiriladi.

Delegasiyaning «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining rejim va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Qahramon Hakimov bilan bo‘lgan uchrashuvida 2023 yil 18 iyul kuni imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi yakunlari, jumladan, ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida inson kapitali sohasida kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlari, rivojlantirish va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Ozarbayjon Respublikasi Davlat neft kompaniyasi delegasiyasi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova bilan ham uchrashdi. Suhbat davomida kelgusida Boku oliy neft maktabi (BONM) va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida neft-gaz muhandisligi sohasida ikki diplom dasturini amalga oshirish imkoniyatlari o‘zaro muhokama qilindi.

Delegasiya a’zolari Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, shu jumladan, elchixona huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga ham tashrif buyurdilar.

Kiritildi: 09:45 13.08.2024. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!