Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oxirgi 7 yilda yo‘l qurilishiga 61 trln so‘m ajratilgan

Oxirgi 7 yilda yo‘l qurilishiga 61 trln so‘m ajratilgan

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilishda, dastlab yo‘l qurilishi sohasi haqida so‘z bordi. Qayd etilishicha, oxirgi 7 yilda bu borada ko‘p ishlar qilingan. Jumladan, yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 61 trillion so‘m ajratildi. Bu 2017 yilgacha berilgan mablag‘lardan 3,5 barobar ko‘p.

Onlayn murojaat tizimi ishga tushib, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga kelish 50 foizga kamaydi.

Shuningdek, 3 ming 365 nafar YHXX xodimiga elektron planshet va bodikamera olib berildi. Qoidabuzarliklarni sun’iy intellekt asosida saralash va qaror chiqarish amaliyoti joriy qilindi.

Haydovchilik huquqiga imtihon, yo‘l chiziqlari chizish, texnik ko‘rik kabi 8 ta xizmat tadbirkorlarga autsorsingga berildi.

Shaharlarda jamoat transporti uchun maxsus yo‘laklar tashkil qilindi.

Kiritildi: Bugun 15:27. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!