Quva tumanidagi maktab direktori o‘qituvchilarning maoshidan 700 ming so‘mdan ushlab qolib, ularni "Tashabbusli byudjet" loyihasida ovoz yig‘ishga majburlamoqchi bo‘lgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bu holatga munosib chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchilarni majburiy ishlarga jalb qilish va maoshidan mablag‘ undirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Direktor bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.