Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning ma’lum qilishicha, u Isroil armiyasiga Tehronning o‘zida — Eron poytaxtining "yuragidagi" ob’ektlarga zarba berishni buyurgan. Bu qaror AQSh prezidenti Donald Tramp e’lon qilgan otashkesimga qaramay qabul qilingan.
Isroil tomonining bayonotiga ko‘ra, Erondagi harbiylar otashkesim kuchga kirishi kerak bo‘lgan paytdan keyin Isroilga ikki ta raketa otgan. Shuningdek, Isroil ushbu harakatni kelishuvni buzish, deb baholamoqda.