Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

“Otam meni muntazam zo‘rlab kelyapti”. Nolasini hech kim tinglamayotgan andijonlik qiz blogerga murojaat qildi

“Otam meni muntazam zo‘rlab kelyapti”. Nolasini hech kim tinglamayotgan andijonlik qiz blogerga murojaat qildi

Yutubdagi Sirojiddin Media kanali Andijon viloyati, Xo‘jabod tumani, Chimbuloq MFYda istiqomat qiluvchi R.Yo oilasida jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgani haqida videointervyuni e’lon qildi. Bu haqda "human.uz" yozmoqda.

Qizning aytishicha, otasi 43 yoshli T.A uni ilk bor 9-sinfda o‘qiyotgan paytda oyoq-qo‘lini bog‘lab, zo‘rlagan va “Yo men bilan bo‘lasan yo bu uyda yashamaysan”, deb po‘pisa qilgan. Muntazam zo‘rlab, kaltaklab kelgan.

Qizning onasi 2010 yildan vafot etgach, otasi boshqa ayolga uylangan. Qiz bu haqida qo‘shnilari, o‘gay onasi, qarindosh-urug‘lariga ham aytgan. Biroq hech kim yordam bermagan, balki uni yolg‘onchilikda ayblashgan.

O‘tgan yilning avgust oyida Abdumalik ismli profilaktika inspektoriga murojaat qilgan. Qizig‘i shundaki, ichki ishlar xodimi og‘zaki ogohlantirish bergan xolos. Keyinroq esa inspektori “Telefon yoki kameraga tasvirga tushirib ber, shundagina unga qarshi jinoiy ish ochaman”, deb maslahat bergan. Umuman olganda, ichki ishlar organlari, mahalla qo‘mitasi, xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchilari ham bunga nopisinadlik qilmoqda. Qizig‘i, mas’ul organlar buni isbotlashni qizning o‘zidan so‘rashmoqda.

Uyida muntazam haqoratlangan, zo‘rlangan o‘smir maktabda ham muntazam qatnay olmagan. O‘z joniga qasd qilishga bir necha bor uringan.

Nahotki Andijonda shu qizning huquqlarini himoya qiladigan biror tashkilot yo‘q!?

Mutasaddi idoralardan mazkur holatni zudlik bilan o‘rganishlarini so‘raymiz.

Kiritildi: 14:12 19.01.2021. O'qildi: 18202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!