Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Otabek Umarov qaynonasi Ziroatxon Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Otabek Umarov qaynonasi Ziroatxon Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi Otabek Umarov 4 dekabr kuni Instagram’dagi sahifasida qaynonasi Ziroatxon Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Otabek Umarov o‘z sahifasiga Ziroatxon Mirziyoyevaning rasmini joylagan va unga «Ilohim baxtimizga sog‘ bo‘ling!», — deya izoh qoldirgan.

Otabek Umarov Prezident oilasining ijtimoiy tarmoqlardagi eng faol vakili bo‘lib, bojasi Oybek Tursunovni 24 noyabr kuni tavallud kuni bilan tabriklagan edi (to‘ng‘ich kuyov necha yoshga to‘lgani ma’lum emas). Avvalroq 4 noyabr kuni Otabek Umarov bojasining rafiqasi Saida Mirziyoyevani, 8 avgust kuni o‘z rafiqasi Shahnoza Mirziyoyevani, 1 avgustda o‘z onasini tavallud kunlari bilan qutlagan edi. 28 oktyabrda esa oila qurganliklariga 12 yil to‘lgani munosabati bilan Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva bir-birlarini tabriklashgan edi (aytmoqchi, Otabek Umarov 17 sentyabrda to‘ng‘ich qizi Ma’rifatxonni 11 yoshga to‘lgani bilan, 29 oktyabrda esa kenja qizi Raniyani ham tug‘ilgan bilan kuni tabriklagan).

Kiritildi: 06:26 05.12.2019. O'qildi: 5007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!