Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ota o‘zidan ham katta inson bilan qochib ketgan qizini shafqatsizlarcha o‘ldirdi, ammo...

Ota o‘zidan ham katta inson bilan qochib ketgan qizini shafqatsizlarcha o‘ldirdi, ammo...

Eronda ota 35 yoshli erkakni sevib qolganligi uchun 13 yoshli qizini uxlab yotganida shafqatsizlarcha o‘ldirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ota o‘roq bilan qizining boshini chopib tashlagan.

O‘smir o‘z sevgilisi bilan uydan qochib ketgan, ammo polisiyachilar uni ushlab, oilasiga qaytarishgan. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Hodisa shimoliy Gilan viloyatining Talesh shahrida yuz bergan. Marhuma Romina Ashrafi otasi uni "sevib qolgan odamga" berishdan bosh tortganidan keyin uydan qochib ketgan.

«Ota-onasi unga diniy sabablarga ko‘ra buni qilishni taqiqlashgan. Qiz uydan qochib, polisiya uni uyiga qaytarguniga qadar sevgilisi bilan besh kun yashirinib yurgan”, deyiladi materialda.

Matbuotda aytilishicha, Ashrafi garchi boshqalarni "uyida xavf ostida qolishi to‘g‘risida" bir necha bor ogohlantirganiga qaramay otasiga topshirilgan.

Qizini o‘ldirganidan keyin ota ixtiyoriy ravishda polisiya bo‘limiga qo‘lida jinoyat quroli bilan kelgan va o‘z qilmishini tan olgan. Ammo bir kundan keyin polisiya uni qo‘yib yuborgan.

Ta’kidlanishicha, Eron shariati qonunlariga ko‘ra, erkak vasiy ayolni uni sharmanda qilgan taqdirda o‘ldirishi mumkin.

 

 

 

 

Kiritildi: 21:36 28.05.2020. O'qildi: 12691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!