Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ota o‘g‘lini yerga uloqtirib, jag‘ini sindirdi

A A A
Ota o‘g‘lini yerga uloqtirib, jag‘ini sindirdi

Kamchatka hududining Ossora qishlog‘ida yashovchi erkak onasiga qo‘pol javob qaytargan o‘g‘lining jag‘ini sindirdi. Bu haqda Tergov qo‘mitasi viloyat boshqarmasi saytida xabar berildi.

Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, 8 yashar bola onasiga gap qaytargach, ota o‘g‘lini kiyimidan ushlab, uni bo‘yi baravar ko‘targan va kuch bilan yerga tashlagan. Keyin yuziga mushtlagan.

Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi 2-qismining "v" bandi ("Qasddan o‘rtacha og‘irlikdagi jarohat yetkazish") bilan ish qo‘zg‘atildi. Bunga qadar unga nisbatan Jinoyat kodeksining 156-moddasi ("Voyaga yetmaganga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik") bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

 

Kiritildi: 11:37 30.01.2020. O'qildi: 2860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!